21:30 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
248 0 0

Uzumchilik va vinochilik agentligi tabiiy vinolardan boshqa alkogol reklamasini taʼqiqlovchi qonun loyihasini taklif qildi.

TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda, reklama qilishda qoʻshimcha chekovlar kiritilishi mumkin. Bu haqida yangi qonun loyihaqida aytib oʻtilgan. 

Ushbu qonun loyihasida aytilishiga koʻra, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish tartibiga qoʻyidagi cheklovlarni kiritish kerak: 

1. Alkogol va tamaki mahsulotlarini faqat 21 yoshda katta boʻlgan fuqarolarga (hozir 20) 

2. Alkogol (koʻpiklanadigan va tabiiy vinodan tashqari) va tamaki mahsulotlarini reklama qilishning har qanday turlari, sotuvini ragʻbatlantirish va homiylik qilish taqiqlanadi

3. Koʻpiklanadigan va tabiiy vino uchun reklama televideniyeda mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan soat 07:00 gacha namoyish qilinishi mumkin.

4. Alkogol mahsulotini ish joylarida, koʻchalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

5. Tamaki mahsulotlarin jamoat joylarida va transportda faqat maxsus ajratilgan joylarda isteʼmol qilish mumkin; 

6. Shaxsiy avtotransport vositalarida 18 yoshga toʻlmagan yoki xomilador ayollar boʻlgan taqdirda, tamaki mahsuloti va chilimni isteʼmol qilish taqiqlanadi.

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taklif etilgan ushbu qonun loyihasi 13 noyabrga qadar muhokamada boʻladi. 

 

 

 

 

Asosiy mavzular