14:31 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
305 0 0

Ayrim transport vositalaridan 2022 yil 31 dekabrga qadar utilizatsiya yigʻimi undirilmaydi. Hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2022 yil 31 dekabrgacha quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi:

- yuk tashish uchun moʻljallangan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);

- yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);

- haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).

Shuningdek, endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizatsiya yigʻimi undirilmaydi.

Asosiy mavzular