06:08 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
47027

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi boʻyicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi.

Toshkent shahar maʼmuriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi “UzAuto Motors” AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga nisbatan Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish boʻyicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi boʻyicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasidan arizachi “UzAuto Motors” AJ foydasiga shikoyat keltirishda toʻlangan davlat boji 2 230 000 soʻm va 20 000 soʻm pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirildi.

Asosiy mavzular