18:23 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
427 0 0

Andijon va Samarqand viloyatlaridagi bogʻcha tarbiyachilarining koʻmirdan qoʻlbola briket (tappi) tayyorlayotgan jarayoni aks etgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachilari sifatsiz koʻmirdan briket (tappi) tayyorlayotgani aks etgan foto tarqalgan edi. Maktabgacha taʼlim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

“Ushbu holat Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasida boʻlgan. Ushbu muassasaga 11 tonna koʻmir keltirilgan. Ana shu koʻmirning 400-500 kilogrami maydalangan, sifatsiz koʻmir shaklida boʻlgan va shu sababli xodimlar tomonidan shu holatda tayyorlangan”, - dedi maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Shodiyor Mamatqulov.

Uning soʻzlariga koʻra, bogʻcha direktori koʻmirni uvol qilmaslik maqsadida oʻz ixtiyorlari bilan qoʻlbola briketlarni yasagani maʼlum boʻlgan.

“Maktabgacha taʼlim muassasasi direktori koʻmirni uvol qilmaslik maqsadida oʻz ixtiyorlari bilan qoʻlbola briketlarni yasagani maʼlum boʻldi”, - deya qoʻshimcha qildi Mamatqulov.

Asosiy mavzular