00:40 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
165 0 0

Oʻtgan tun davomida yana 123 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan birga ikki bemor vafot etdi. Jami qurbonlar 568 kishiga yetdi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 123 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 055 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 13 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 568 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 64 235 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 2 252 nafar bemor davolanmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular