18:18 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
357 0 0

Poytaxtda avtomobilni oʻz maqsadida ishlatish, olib qochish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida ishga qabul qilinayotgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar batafsil tekshiriladi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Toshkentda avtomashina yuvish shoxobchasiga ishga kirmoqchi boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish kuchaytiriladi. Bu transport vositalarini oʻz maqsadida ishlatish, olib qochish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Murodilla Aliqoriyev poytaxtdagi avtomashina yuvish va shu kabi xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi 217 ta tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, tashkilot rahbarlari ular ishga olayotgan shaxslar uchun masʼulliklari haqida ogohlantirildi. Ishchilarning masʼuliyat hududini belgilash, maʼlumotlarini qayd etish ham rahbarning vazifasi ekanligi qayd etildi.

“Shu bilan birga ishchilarni mijozning avtomobili kalitini olishlariga yoʻl qoʻymasdan, buning oʻrniga barcha mijozlardan kalitlarni oluvchi bitta masʼul shaxsni tayinlash tavsiya etildi”, - deyilgan xabarda.

Tashkilotlar rahbarlari oʻz navbatida ishga qabul qilinayotgan shaxslarning maʼlumotlarini tekshirish qiyinligi, bunda hududiy ichki ishlar organlarining yordamlari kerakligini aytishdi.

“Mazkur iltimos qondirildi, endi avtomobil yuvish shoxobchasi rahbari profilaktika inspektorlari bilan birgalikda ishga olinayotgan shaxslarning maʼlumotlari haqqoniyligini tekshirishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Xabarda ishga olinayotgan shaxs qidiruvda emasligi, xususan, ilgari avtomobil olib qochmaganligi tekshirilishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular