14:41 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
176 0 0

Vazirlik xabariga koʻra, hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qoʻllash mexanizmi qayta koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Energetika vazirligi 2020 yil 1 noyabrdan cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilayogan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) gaz yetkazib berish shartlari hozirda koʻrib chiqilayotganligini maʼlum qildi.

“Hozircha 1 noyabrdan boshlab AGTKShning ish tartibiga hech qanday oʻzgartirish kiritilmagan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida 54 ta gaz taqsimlash stantsiyalarida yangi ish jadvali joriy etilishi va navbatma-navbat (birdaniga emas), har uch kunda bir marta soat 19:00 dan 7:00 ga qadar gaz taʼminotini toʻxtatib turish rejalashtirilgan edi.

Ushbu choralar aholi va ijtimoiy soha obʼyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlashga qaratilgan. Bunga sabab isteʼmolning yuqori soatlarida yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi gaz isteʼmoli tufayli bosim kamayib ketadi.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qoʻllash mexanizmi qayta koʻrib chiqilmoqda va qabul qilingan xulasalar haqida oʻz vaqtida maʼlumot beriladi.

Asosiy mavzular