21:23 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Shuningdek, joylardagi 17 ta fermer xoʻjaligi va klasterlarda terim pullari oʻz vaqtida berilmagan 410 nafardan ortiq fuqaroga 173 mln. soʻmdan ortiq kunlik ish haqi toʻlab berilishi taʼminlandi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilganini maʼlum qildi.

“Xususan, joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xoʻjaligi va klasterlarda oʻtkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobogarlikka tortilgan”, - deyilgan xabarda.

Bunda, 35 nafar mansabdor shaxsga majburiy mehnatga jalb etish holati yuzasidan 372 mln. 410 ming soʻm miqdoridagi maʼmuriy jarima, band boʻlmagan aholini terimga jalb qilish, terimchilar uchun munosib mehnat hamda dam olish sharoitlarini yaratish, terim pullarini oʻz vaqtida va belgilangan meʼyorlarda berish masalalari yuzasidan 123  nafar mansabdor shaxslarga 204 mln. 937 ming soʻm miqdorida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortildi.

Oʻtkazilgan monitoring davomida 550 dan ortiq fuqarolar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilmaganligi aniqlanib, nafaqat fermer xoʻjaliklari va klasterlar rahbarlari, balki, fuqarolar bilan ham tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli shartnomalar tuzildi. 53 ta holatda aybdorlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, joylardagi 17 ta fermer xoʻjaligi va klasterlarda terim pullari oʻz vaqtida berilmagan 410 nafardan ortiq fuqaroga 173 mln. soʻmdan ortiq kunlik ish haqi toʻlab berilishi taʼminlandi.

Xususan, ijtimoiy tarmoqdan kelib tushgan murojaatni oʻrganish jarayonida Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi “Temurbek Xamidbek” fermer xoʻjaligi rahbari joriy yilning 14 oktyabridan 20 oktyabriga qadar terimchilarga mehnat haqini kechiktirganligi sababli maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma asosida terimchilarning paxta pullari toʻlab berildi.

Asosiy mavzular