14:16 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
137 0 0

Oʻzbekistonning oltita hududida yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Shu bilan birga bir bemor vafot etdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 254 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 3 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 12 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 571 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 64 466 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan. Hozir mamlakatda 2 217 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular