19:10 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
52010

Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida Oʻzbekistonda ob-havo kam bulutli boʻladi. Keyinchalik issiq toʻlqinlar sovuq toʻlqinlar bilan almashib turadi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzgidromet noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida dastlabki maʼlumotlarni taqdim etdi.

Taʼkidlanishicha, noyabr oyi haroratning keskin oʻzgarishlari bilan ajralib turadi. Noyabr oyining oʻrtacha harorati oktyabrga nisbatan 5-7 daraja pastdir. Bu oyda yogʻingarchilik ham koʻproq kuzatiladi. Noyabrda yomgʻirning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Togʻli tumanlarda ayrim joylarda qor qoplami hosil boʻlsada, koʻpincha u beqaror boʻladi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bu yilgi noyabr ham harorat, ham yogʻingarchilik boʻyicha meʼyorlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda.

Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida Oʻzbekistonda ob-havo kam bulutli boʻladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Keyinchalik issiq toʻlqinlar sovuq toʻlqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. Yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi.

Teglar:
Oʻzbekiston, ob-havo

Asosiy mavzular