O‘zbekistonda koronavirus: 2-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare
Vaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 143 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 301 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Izobrajenie koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltim svetom), kotoriy porajayet kletki cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusga qarshi antitanachalarning saqlanish muddatini aniqladi

Bir sutka davomida 143 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 301 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 159 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 64 625 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 103 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 573 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Karantin qoidalarini buzish

30 oktabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan.

Poxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda COVID dan o‘lim antireytingida yetakchi o‘zgardi

Xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida N.S. faol qarshilik ko‘rsatgan holda o‘ng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

31 oktabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 46,5 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 31,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,2 mln), Hindistonda (8,2 mln), Braziliyada (5,5 mln).

Yangiliklar lentasi
0