O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi

Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonda InnoWeek haftaligi ilk bor onlayn virtual platformada bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida robototexnika musobaqasi va yoshlar forumi o‘rin olgan.

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Bugun O‘zbekistonda xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi - InnoWeek boshlandi. Tadbir ilk marotaba onlayn virtual platformada o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati. 

"Innoweek 2020" - xalqaro innovatsiyalar haftaligi 3-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonda yaratilayotgan innovatsiyalar bilan tanishish mumkin. Haftalik doirasida bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Innoweek 2020 dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan: 

  • Xalqaro Robototexnika musobaqasi; 
  • Xalqaro yoshlar innovatsion forumi; 
  • Osiyo va Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi hududiy virtual vorkshopi;
  • Yevropa ufqlari (Horizon Europe) doiraviy dasturida ishtirok etish” mavzusidagi vebinar;
  • Fanlar akademiyasi ilmiy- tashkilotlari tomonidan yaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar onlayn taqdimoti; 
  • "Ilm-fan va taraqqiyot" mavzusida eng yaxshi jurnalistik maqolalar bo‘yicha tanlov;
  • "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni tanlovi va boshqalar

Barcha tadbirlar ro‘yxati va ularning o‘tkazish jadvali bilan batafsil innoweek.uz sahifasida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Innoweek - innovatsiyalar haftaligi O‘zbekistonda 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Unda o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar, innovatsion mahsulot yaratuvchilari, vazirlik va muassasa vakillari, xorijiy kompaniya va diplomatik vakolatxonalar ishtirok etib kelmoqda. Tadbirning maqsadi - O‘zbekistonda eng zamonaviy texnologiyalarni namoyish qilish va ularni tijorat loyihalariga aylantirish, turdi biznes sohalariga tadbiq etishdir. O‘tgan tadbirlarda qator loyiha va memorandumlar imzolangan.

 

Yangiliklar lentasi
0