15:43 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
240 0 0

Oʻzbekiston va Qozogʻiston ikki mamlakat yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yoʻli qurilishini muhokama qildi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yoʻlini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston sanoat sohasida 22 ta loyihani amalga oshiradi

Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Qozogʻiston bosh vazirining oʻrinbosari Roman Sklyar transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashni muhokama qildi.

“Oʻzbekiston va Qozogʻiston yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yoʻli hamda “Uchquduq – Qiziloʻrda” transport yoʻlagi qurilishi muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston aviakompaniyasiga Aqtau – Urganch yoʻnalishi boʻyicha parvozlarga ruxsat berilgani xabar qilingan edi.

Teglar:
poyezd qatnovi, tezyurar poyezd, Oʻzbekiston, Qozogʻiston

Asosiy mavzular