14:19 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
226 0 0

Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Xadjibayev nomzodi Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga maʼqullandi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Abduhakim Xadjibayev  nomzodi Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga maʼqullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“2020 yil 3 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga  Abduhakim Xadjibayev nomzodini koʻrib chiqdilar”, - deyilgan xabarda.

Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Xadjibayev  nomzodi maʼqullandi.

Abduhakim Xadjibayev joriy yil iyul oyida Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Xadjibayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan edi. Shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlangan edi.

Asosiy mavzular