22:02 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

Atoqli sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. Uning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib baholangan.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Atoqli islomshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

Olim 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida tugʻilgan. 1958-1969 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha tugatib, oʻz mehnat faoliyatini ushbu dargohda oʻqituvchilikdan boshlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, soʻngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Uvatov Oʻzbekiston prezidenti devonida boʻlim mudiri, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, shuningdek, Amir Temur jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari kabi masʼul lavozimlarda samarali faoliyat koʻrsatgan.

Professor Uvatovning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib baholangan. U “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular