13:53 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
239 0 0

Eronning Oʻzbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy vizani bekor qilish va boj toʻlovlarini kamaytirish lozimligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Eronning Oʻzbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Elchining soʻzlariga koʻra, Eron va Oʻzbekiston turizm boʻyicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida turadi. Tarixiy va nodir meros sayyohlarni muntazam jalb etish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

Eron Oʻzbekiston tarixiy obʼyektlari restavratsiyasida ishtirok etadi

“Bu borada ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng toʻgʻri yoʻl deb oʻylayman. Men shuni tarafdoriman. Bundan tashqari turli biznes-tadbirlar, jumladan videokonferentsiya shaklidagi muloqotlar tashkillashtirish orqali tadbirkorlarni yanada yaqinlashtirishimiz mumkin. Texnik-muhandislik xizmatlari, tibbiyot va yangi texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Men oʻz missiyam davomida ana shu rejalarni hayotga toʻliq tadbiq eta olsam, bundan xursand boʻlardim”, - dedi Hamid Nayrobodiy “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

Diplomat Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston, Eron va Afgʻoniston transport sohasida yangi bitim imzolashi kutilmoqda

Uning soʻzlariga koʻra, boj toʻlovlarini kamaytirish va bojxona toʻsiqlarini olib tashlash tomon harakat qilish kerak. Shuningdek, transport loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ikki mamlakat oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Teglar:
viza, Eron, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular