Reabilitatsiya markazlariga zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 168 nafar erkak murojaat qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSentr reabilitatsii i adaptatsii jenshin v Tashkente
Sentr reabilitatsii i adaptatsii jenshin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda reabilitatsiya markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishmoqda. Yanvar-sentabr oylari 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Joriy yilning 9 oyi davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab reabilitatsiya markazlariga 168 nafar erkak murojaat qilgan. Bu haqda AOKAdagi brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmat rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari 197 ta.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida ushbu markazlarga fuqarolardan 14 849 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 5 796 tasiga psixologik, 3 680 tasiga yuridik, 503 tasiga tibbiy va 1 553 tasiga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatilgan.

“Afsuski, mazkur turdagi markazlarga erkaklar va hatto bolalarning murojaat qilishi holatlari kuzatilmoqda. Shu yilning o‘tgan davri mobaynida jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan”, - dedi Boymirzayeva.

Murojaat qilganlarning 2 577 nafari bilan markaz psixologlari ish olib borgan, tibbiy yordamga muhtoj 497 nafar shaxsga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasalariga yuborilgan. 442 nafar fuqaro markazlardagi yotoqxonalarga joylashtirilgan va ularga zarur yordamlar ko‘rsatilgan.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati

O‘zaro tahlillar davomida murojaatchilarning 9 870 nafari yoki 67 % ga yaqini faqatgina yuridik va psixologik maslahat olish uchun murojaat qilgani va ularning murojaatlarida zo‘ravonlikka uchrash alomatlari yo‘qligi aniqlangan.

Mazkur mazmundagi murojaat egalariga 2000 ta huquqiy yordam, xususan, 1 539 tasiga huquqshunoslar tomonidan maslahatlar berildi. 217 nafar fuqaroga turli mazmundagi huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishda, 189 nafar fuqaroning Himoya orderi olishida yordam berildi. 55 nafariga sud va boshqa idoralarda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda vakillik qilindi.

Yangiliklar lentasi
0