19:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
60 0 0

OTM moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlaydi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyeyovning qaroriga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi.

Institutda soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlanadi, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari takomillashtiriladi.

Fiskal institut:

- soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch OTM;

- moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida  kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan OTM hisoblanadi.

Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Asosiy mavzular