21:53 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
55 0 0

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik.  “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazining matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur koʻkrak nishonini taʼsis etilishidan maqsad inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qoʻshgan fuqarolar va tashkilotlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda taqdirlash, bu faoliyatni amalga oshirishda oʻrnak boʻlayotganlar namunasini, ularning tajribasini ommalashtirishdan iborat.

Nagrudnoy znak “Za zaщitu prav cheloveka”
Press-slujba Natsionalnogo tsentra po pravam cheloveka
Nagrudnoy znak “Za zaщitu prav cheloveka”

Bu bilan davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Koʻkrak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi xizmati, inson huquqlarini targʻib qilishdagi faolligi, inson huquqlari sohasidagi taʼlim, yoshlar oʻrtasida inson huquqlarini himoya qilish anʼanalarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarni rivojlantirish va boshqarishdagi salmoqli yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati uchun Oʻzbekiston fuqarolari taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Asosiy mavzular