14:45 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

Har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasi oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash boʻyicha:

● oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro musobaqa;

● xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar oʻtkaziladi.

2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasi oʻtkaziladi.

- 2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

- 2021/2022 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash boʻyicha oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish kontseptsiyasi tasdiqlandi.

Kontseptsiyada, jumladan, 2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishiga erishish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular