19:07 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
60410

Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auktsion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auktsion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, “chiroyli” raqamlar auktsionga qoʻyilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

- 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlangʻich narxlarda auktsionga qoʻyiladi (harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan raqamlardan tashqari);

- 4-6-toifadagi raqamlar auktsiondan olinib, auktsionga qoʻyilgan boshlangʻich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auktsionga qoʻyilishi mumkin.

Asosiy mavzular