16:46 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
351 0 0

Oʻzqurilishmateriallari” uyushmasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

Ayni paytda “Oʻzqurilishmateriallari” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Botir Zaripov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, - deyilan xabarda.

Shu kunga qadar vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi boʻlgan Farhod Umarov esa Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalchilikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Buxoro sobiq hokimi Oʻktam Barnoyev 20 sentyabrda koronavirus kasalligining ogʻir oqibatlaridan vafot etgan edi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, bugun, 7 noyabr kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripov, prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Botir Zaripovniing tarjimai holida quyidagi maʼlumotlar berilgan: 

1969 yil 20 noyabrda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 
1997-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
1997-2005 Milliy bankining turli boʻlinmalarida ishlab kelgan. 
2005-2015 Markaziy bankining turli boʻlimlarida boshqaruv lavozimlarida ishlab kelgan.  
2015-2016 AT “Agrobank” Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 
2016-2019 “Oʻzqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tizimida ishlab kelgan. 
2019 4 apreldan yangi tashkil etilgan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi vazifasida ishlab kelgan.

Botir Zaripov “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular