15:48 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)
198 0 0

Oʻzbekistonda yana 81 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallangan soni 65,5 mingdan oshdi. Tun davomida oʻlim holati kuzatilmadi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 81 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 68 593 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Fargʻona viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 65 762 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 2 247 nafar bemor davolanmoqda.

Oʻtgan tun davomida koronavirusdan oʻlim holati qayd etilmagan. Qurbonlari soni 583 nafarligicha qolmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular