Endilikda jamoat joylarida sovuq qurolni g‘ilofsiz olib yurganlar jarimaga tortiladi

Obuna bo‘lish
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurganlik uchun 111 ming 500 so‘mdan 223 ming so‘mgacha miqdorda jarima jazosi belgilandi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda jamoat joylarida sovuq qurolni g‘ilofsiz olib yurganlik uchun jarima belgilandi. Bu prezident imzolagan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunda ko‘zda tutilgan

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 14, 245, 287-moddalari to‘ldirilib, kodeksga yangi 185² va 185³-moddalari qo‘shildi.

185²-moddaning birinchi qismida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda, jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurganlik uchun 111 ming 500 so‘mdan 223 ming so‘mgacha miqdorda jarima jazosi belgilandi.

“Qurol to‘g‘risida”gi qonunga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar tushunchasi kiritildi.

Bunday ashyolarga kasbiy, ishlab chiqarish yoki sport faoliyatida yoxud xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, sanoat usulida yoki qo‘lbola tarzda yasalgan tig‘li, kesuvchi (pichoqlar, bigizlar va boshqa uchi o‘tkirlangan sanchiladigan, kesuvchi), jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan (beysbol bitalari, softbol o‘yini uchun bitalar) ashyolar kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0