16:22 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
378 0 0

Qashqadaryo viloyatida koronavirus pandemiyasi vaqtida 27 nafar tibbiyot xodimlari vafot etgan. Ularning kasb bayramlari kuni hokimlik oila aʼzolariga bir martalik pul berdi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimligi Tibbiyot xodimlari kunida koronavirus pandemiyasi vaqtida vafot etgan shifokorlar va hamshiralarning ism-sharifini maʼlum qildi.

Roʻyxatda jami 27 nafar tibbiyot xodimlarining ismlari keltirilgan. Pandemiya paytida vafot etganlar orasida 1995-1985 yillarda tugʻilganlar boʻlgan.

“Insonlar salomatligi yoʻlida jonlarini fido qilgan shifokor va hamshiralarimizning oila aʼzolariga ajratilagan bir martalik yordam pullari bugunni oʻzida yetkaziladi”, - dedi Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev.

Bir martalik yordam pullari shifokorlarga 10 mln soʻmdan, hamshiralarga 5 mln soʻmdan beriladi.

“Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida oʻqib, umrini shu kasbga bagʻishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995-1985 yillarda tugʻilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini oʻrganishga bagʻishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus... Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi”, - dedi hokim.

Taʼkidlash joizki, ushbu tibbiyot xodimlari aynan qaysi kasalliklardan vafot etganligiga oydinlik kiritilmagan.

Ular:

1. Nurmatov Sherali Nazarovich - Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

2. Muzaffarov Raul Kamolovich - Viloyat sanitariya-epedimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epedimiologiya boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

3. Koʻcharov Xoʻja Umarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

4. Yakubov Kengboy Ibragimovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori boʻlib ishlagan. Koson tumani.

5. Boymurodov Xanjar Boxorovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya boʻlimi shifokori boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

6. Imomov  Buron  Buriyevich - Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya boʻlimi shifokori boʻlib ishlagan. Qarshi tumani.

7. Vazirov Bekmurod Maʼdiyevich - Viloyat 1-son asab-ruxiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

8. Abiraxmatov Parda Xaitovich - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi, Qovchin QVP umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

9. Rahimov Sayfulla Karimovich - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO xirurgiya boʻlimi shifokori boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

10. Koʻchimova Setora  Eraliyevna - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO terapiya boʻlimi xamshirasi boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO xirurgiya boʻlimi xamshirasi boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

12. Toshpoʻlatova Saodat Tojiyevna - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi xamshirasi boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

13. Chaqqonova Barno Muxiddinovna - Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO terapiya boʻlimi orastabonusi boʻlib ishlagan. Gʻuzor tumani.

14. Ismatova Maxbuba Oʻrinovna - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.

15. Omonova Navbaxor Raxmatullayevna - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

16. Xudoyberdiyeva Dilbar Rahmanovna - Qarshi koʻp tarmoqli markaziy  poliklinikasi immunolog vrachi boʻlib ishlagan. Qarshi tumani.

17. Joʻrayev Baxodir Kenjayevich - Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlagan. Qarshi tumani.

18. Qoʻshoqov Husan Pardayevich - Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Dehqonobod tumani.

19. Saodatov Bobomurod Qaxxarovich - Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi boʻlib ishlagan. Dehqonobod tumani.

20. Utanov Qulmuxammad - Dehqonobod koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori boʻlib ishlagan. Dehqonobod tumani.

21. Ibragimov Ashur Rahmatullayevich - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi boʻlib ishlagan. Qamashi tumani.

22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYO boʻlimi vrachi boʻlib ishlagan. Qamashi tumani.

23. Xidirova Xadicha Nazarovna - Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qamashi tumani.

24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich - Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori boʻlib ishlagan. Kitob tumani.

25. Ashurov Tulqin Abdullayevich - Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Qarshi shahri.

26. Ismoilova Shoira Negmatovna - Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori boʻlib ishlagan. Shahrisabz shahri.

27. Fayziyev Shukrullo - Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediator shifokori boʻlib ishlagan. Shahrisabz tumani.

Yuqorida ismlari keltirilgan xodimlar 2020 yilda vafot etgani koʻrsatilgan, ammo vafot sanasi keltirilmagan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular