16:12 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
79 0 0

Maktabgacha taʼlim vaziri va Xitoyning Oʻzbekistondagi elchisi kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va Xitoyning Oʻzbekistondagi elchisi  Tszyan Yan oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv davomida kelajakdagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Oʻzbekiston hududida oʻyinchoqlar va turli xil oʻyin uskunalarini hamda didaktik materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, davlat-xususiy sherikligi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi. 

Shu bilan birga, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xitoy tilini qoʻshimcha chet tili sifatida oʻrganish, bu borada xodimlar malakasini oshirish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hamkorlikda  Toshkent shahrida  raqamli bolalar bogʻchasining pilot loyihasini ishga tushirish muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoyning Sun Tsinlin jamgʻarmasi hamkorligi doirasida ixtisoslashtirilgan MTTlarning taʼlim sifatini oshirish, xodimlarning bilim salohiyatlarini kengaytirish masalalari borasida fikr almashildi.

Asosiy mavzular