O‘zbekistonda aniqlanayotgan koronavirus holatlari kamaymoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 58 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oldingi kunlarga qaraganda 20-25 tagacha kamroq.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 58 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 68 788 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Probirka s analizami krovi v rukax medrabotnika - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlar 68,5 mingdan oshdi

Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Camarqand viloyatida, 14 nafari Surxondaryo viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qurbonlar qayd etilmagan. Ular soni 585 nafarligicha qolmoqda.

Shu paytga qadar 65 971 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sog‘aygan. Hozir mamlakatda 2 232 nafar bemor davolanmoqda.

Mamlakatda uch kundan buyon tun davomida aniqlanayotgan koronavirus bilan kasallanish kamaymoqda. 7-noyabr kuni tongga qadar 84 kishida, 8-noyabr kuni esa 81 kishida koronavirus tasdiqlangan edi. 9-noyabrga kelib ular sezilarli kamayganini ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0