14:23 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
26920

Shifokorlar uchun osh “Doʻstlik” oʻzbek madaniy tashkiloti koʻngillilari tomonidan tayyorlanmoqda. Taomning birinchi portsiyasi 2 noyabr kuni pishirilgan boʻlib, toʻrt kun ichida 1600 ta ovqat solingan konteyner tarqatilgan.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning Tomsk shahrida oʻzbek diasporasi vakillari koronavirus bemorlarini davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarning xodimlariga osh pishirib tarqatmoqda.

TV2 nashri xabariga koʻra, koʻngillilar shifokorlarni milliy taom bilan ikki hafta siylashni rejalashtirgan.

Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov
Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov

Shifokorlar uchun osh “Doʻstlik” oʻzbek madaniy tashkiloti koʻngillilari tomonidan tayyorlanmoqda. Taomning birinchi portsiyasi 2 noyabr kuni pishirilgan boʻlib, toʻrt kun ichida 1600 ta ovqat solingan konteyner tarqatilgan. Shuningdek, ular yana ikki ming portsiya osh, shuncha salat va 600 ta non tayyorlashni reja qilgan. Osh shahardagi 11 ta kasalxonaga tarqatilmoqda.

Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov
Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov

Taʼkidlanishicha, ushbu gʻoyani Oʻktam Mahmudov bildirgan, diasporaning qolgan aʼzolari va uning rahbari Samatulla Roʻziyev yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlagan. Tomsklik oʻzbeklardan soʻng Omsk va Kemerovadagi diaspora ham tibbiyot xodimlarini tushlik bilan mehmon qilishni boshlagan.

Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov
Uzbeki iz tomskoy diasporы gotovyat plov i ugoщayut im medikov

“Insoniyat uchun oʻz kuchi va sogʻligʻini, shuningdek, hayotini berib, tinim bilmayotgan insonlarga hurmatda boʻlaylik. Oylik bu boshqa, bu mehnat uchun haq. Bunday usulda minnatdorchilik bildirish esa boshqacha. Shifokorlar xursand, biz ham ularga yaxshilik qilganimizdan shodmiz. Bu kabi ogʻir vaziyatda bir-birimizga yordam berishimiz muhimdir”, — deydi Samatulla Roʻziyev.

“Hozirgi murakkab, bunday ogʻir sharoitlarda ishlayotgan tibbiyot xodimlarimizga yordam koʻrsatayotgan loqayd boʻlmagan va minnatdor kishilarning madadini his etish yoqimli”, - dedi shaharning Tez tibbiy yordam kasalxonasi bosh hamshirasi Svetlana Mishkina “Tomsk” televideniyesiga bergan intervyusida.

Qayd etish joizki, avvalroq oʻzbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishgan edi. "Hayotni saqlab qolganingiz uchun tashakkur!" shiori ostida mazali taomlarning bir qismi Moskvadagi turli tibbiyot muassasalarida ishlaydigan koʻplab shifokorlarga topshirilgan edi.

 

Asosiy mavzular