Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va harorat 0 darajagacha pasayishi kutilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ayrim hududlarida hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston hududi 10-11 noyabr kunlari sovuq havo massalari ta’sirida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.

Havo harorati kechasi 0-5 darajagacha pasayadi, kunduzi esa 13-18 darajagacha isiydi.

12 noyabr kuni ob-havo sharoiti yana o‘zgaradi. Volga bo‘yidan sovuq antisiklon yana respublikaga kirib keladi. O‘zbekiston hududining ba’zi joylarida yomg‘ir, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yomg‘ir davomida kunduzi harorat 8-13 darajagacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-5 darajaga pastdir.

13 noyabr kuni yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida kuzatiladi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu ham o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlar meyoridan past.

Yangiliklar lentasi
0