Xorazmlik ayol to‘rt oylik qizini pullayotgan vaqtida qo‘lga olindi

CC0 / Pixabay / Novorojdenniy. Arxivnoe foto
Novorojdenniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa Xorazm viloyati Xiva shahrida ro‘y bergan. Chaqaloq davlat qaramog‘iga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti

TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati Xiva shahar bo‘limi xodimlari o‘zining to‘rt oylik chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Xabarda aytilishicha, ayol bu ishni pulga muhtojligi uchun amalga oshirgan.

"Ayol moddiy daromad orttirish maqsadida voyaga yetmagan 4 oylik qiz farzandini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi", - deyiladi xabarda.

Ona o‘z farzandini 120 million so‘mga sotayotgan vaqtda, maxsus tashkil etilgan operatsiya davomida qo‘lga olingan.

Chaqaloq onadan davlat qaramog‘iga olib qo‘yilgan. Ayol ozodlikdan mahrum etilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0