07:38 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
92 0 0

Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11 noyabrdan 21 noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11 noyabrdan 21 noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Men oʻzim shu tartibda ishga kelib-ketaman, xizmat mashinam hokimiyatda turadi. Kun davomida biror bir tumanga chiqadigan boʻlsam, mashinadan foydalanaman. Kechqurun yana mashinani hokimiyat garajida qoldirib, uyga piyoda yoki jamoat transportida ketaman. Bu, avvalo, salomatligimiz uchun, qolaversa, aholiga shaxsiy ibratimiz boʻladi”, - Turdimov.

Viloyat hokimi “Avtomashinasiz 10 kun” aktsiyasi davlatdan oylik oladiganlarga taalluqli ekanini taʼkidlagan.

“Qolganlar bizni taklifimizni qoʻllab-quvvatlashsa nur ustiga, aʼlo nur boʻladi. Buni jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlar nazorat qilishi kerak”, — deydi hokim.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagan edi. Unga koʻra, kelasi yil 1 yanvardan birinchi rahbarlar semizlik darajasi va vaznini nazorat qilishi shartligi belgilangan.

Shuningdek, Rossiyaning “Pervыy kanal” telekanalida efirga uzatiladigan mashhur “Vecherniy Urgant” shou dasturida Oʻzbekiston hukumatining eng koʻp piyoda yurgan fuqarolarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi qarori haqidagi xabar koʻrsatildi.

Teglar:
taklif, Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati

Asosiy mavzular