07:05 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
39 0 0

Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi. Bu haqda mamlakat prezidentining tegishli qarori imzolandi.

Qaror bilan, test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi.

2021/2022-oʻquv yilida psixologiya sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.

Qarorga koʻra, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari tashkil etiladi.

“Pedagog xodimlarning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2021 yil 1 avgustga qadar bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash choralari koʻriladi. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Asosiy mavzular