07:11 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
75 0 0

Suv omborlari taʼsir hududida lokal seysmik kuzatuv tarmoqlarini tashkil etish va ularga zarur jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Loyihada suv omborlarida muntazam seysmometrik, seysmogeodinamik hamda dala kuzatuv ishlarini olib borish, instrumental kuzatuv maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarini dinamik xususiyatini oʻrganish va holatini baholash, suv omborini toʻldirish va undan foydalanish jarayonida seysmik rejim parametrlarining oʻzgarishini baholash kabi seysmodeodinamik oʻzgarishlar monitoringini olib borish tartibi belgilanmoqda.

Hujjatga respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik va dala kuzatuvlarini amalga oshirish, axborotni yigʻish, toʻplash va uni qayta ishlashni, geologik muhit holatini tahlil qilib, suv omborini toʻldirish va undan foydalanish jarayonida seysmik rejim parametrlarining oʻzgarishini baholashni oʻz ichiga oladi.

Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar suv omborlari taʼsir hududida lokal seysmik kuzatuv tarmoqlarini tashkil etish va ularga zarur jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular