16:49 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, elektr energiyasidagi uzilishlar eskirgan elektr stantsiyalari bilan bogʻliq. Ularni modernizatsiya va almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirligi monitoring maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda elektr energiyasidagi uzilishlar soni va davomiyligi 2019 yilga nisbatan ikki baravar kamayganini maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, elektr taʼminoti barqarorligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillardan biri bu mavjud elektr stantsiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishdir.

Vazirlik mamlakatda mavjud elektr stantsiyalarining joriy quvvati aholi va iqtisodiyotga, jumladan, kuz-qish davrida elektr energiyasiga boʻlgan talabni toʻliq qondirish imkonini berishini taʼkidlagan.

“Xususan, isteʼmolning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq va issiq mavsumda sodir boʻladigan elektr energiyasidagi uzilishlarga kelsak, bu, odatda, eskirgan elektr stantsiyalari bilan bogʻliq holat boʻlib, bunda mamlakat elektr energiyasi katta miqdordagi ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan taʼminlanadi, modernizatsiya qilinadi va agar kerak boʻlsa, ularni almashtirishda kerak boʻlgan moliyaviy va boshqa zarur resurslarni ajratish bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda foydalanilayotgan energoqurilmalarning 50 foizigacha 30-40 yil davomida faoliyat koʻrsatadi. Ularning jismonan va maʼnan eskirishi ushbu energobloklarning ishdan chiqishiga olib keladi. bu esa elektr stantsiyalarining ayrim energobloklarida uzilishlar yuz berishiga olib keladi. Odatda ularni taʼmirlash uchun 3-5 soat vaqt ketadi. Ushbu holatlar qisqa muddatli elektr uzilishlarining sabablari hisoblanadi.

Vazirlik elektr stantsiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar har kuni davom ettirilayotganini maʼlum qilgan. Eelektr taʼminotidagi uzilishlar soni va davomiyligi boʻyicha alohida monitoring oʻrnatilgan, bu esa elektr taʼminotidagi muammoli joylarni topishga va ularni bartaraf qilishga imkon beradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 2021–2022 yillarda elektr energiyasi tarifini oshirmaslik boʻyicha topshiriq bergani  xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular