15:49 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
50 0 0

Qayerdadir olov yonayotgan boʻlsa, siz oʻsha olov ichida emas, unga chetdan turib qarab turgan kishi boʻling. Oʻshanda koʻp narsani tezroq tushunasiz.

Bugungi kunda turli manbaalardan tarqalayotgan turlicha mazmundagi axborot oqimi insonga kuchli taʼsir oʻtkazmoqda. Ulkan axborot bosimi ostida ruhiy sogʻliqni qanday saqlab qolish mumkinligi haqida MDH Aksilterror markazining Ilmiy-maslahat kengashi raisi Marianna Kochubey Sputnik radiosiga hikoya qilib berdi.

Zamonaviy ekstremizm - bu axborot urushining yangi rivojlanish darajasi desak boʻladi. Yoppasiga propaganda qilish, manipulyatsion texnikalardan foydalanish, turli koʻrinishdagi media platformalaridan foydalanish – bularning barchasi bugungi kunda real tahdidga aylandi.

Bunday axbrot urushi qurbonlari kimlar boʻlishi mumkin?

  • Birinchi navbatda bunday manipulyatsiyalar domiga uzoq vaqt ijtimoiy-axborot bosimi ostida boʻlgan, “axborot kapsulasiga” kirib qolgan kishilar tushib qoladi;
  • Ikkinchidan, reallikdan uzoqlashib har narsaga ishonaveradigan boʻlib qolgan odamlar

Xulosa shuki, boʻlayotgan voqealarga chetdan turib nazar tashlang. Yaʼni qayerdadir olov yonayotgan boʻlsa, siz oʻzingizni oʻsha olov ichida emas, unga chetdan turib qarab turgan kishi deb tasavvur qiling. Oʻshanda koʻp narsani tezroq tushunasiz.

Eng asosiysi - sizga har axborot yetib kelsa-da, sogʻlom fikrni saqlab qoling. Bugungi kunda sogʻlom fikr – bu ruhiy sogʻlik demakdir, - deydi ekspert.

Marianna Kochubeyning toʻliq fikri bilan Sputnik podkastida tanishing.

Budto vnutri kostra: kak ne stat jertvoy informatsionnoy voynы ― sovet eksperta

 

Asosiy mavzular