22:18 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
173 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining loyihasi uchun Bangladeshdan 900 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi toʻgʻrisidagi xabar qizgʻin muhokama qilinmoqda.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bangladeshdan jalb qilinayotgan mutaxassislar yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq OAVlarda “Oʻzbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” tomonidan amalga oshirilayotgan Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalash bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasi uchun Bangladeshdan 900 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi toʻgʻrisida xabar tarqalgan edi.

Xabarda yozilishicha, mamlakat prezidentining tegishli qarorida “Oʻzbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” MCHJ buyurtmalari asosida xorijiy mutaxassislarni oʻrnatilgan tartibda jalb qilinishi koʻzda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq esa xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston hududida ishlash uchun tasdiqnomalar olishi belgilangan.

Ish beruvchi belgilangan tartibda chet el fuqarosiga Oʻzbekiston hududida mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish maqsadida Tashqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qilish lozim.

“Lekin shu kungacha “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Uzbekistan GTL” yoki loyiha bosh pudratchisi, “ENTER Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi mazkur tasdiqnomani olish uchun murojaat qilmagan”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi loyiha uchun jalb qilinayotgan xorijiy ish kuchi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar soʻralgan va oʻrganilmoqda.

Vazirlik mazkur loyihani amalga oshirish doirasida talab qilinadigan boʻsh ish oʻrinlariga mahalliy ishsiz aholini jalb etish, ularning malaka darajasi yetarli boʻlmaganda bepul kasbiy oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

Teglar:
Oʻzbekiston, migrantlar, Bangladesh

Asosiy mavzular