16:21 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
97 0 0

Oʻzbekistonda 2021 yil 1 iyundan va 2021 yil 1 iyuldan bolalar va ayollarga qator dorilar bepul beriladi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 iyundan:

  • 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar “A” vitamini bilan;
  • 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi.

2022 yil 1 iyuldan:

  • homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
  • 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlanadi.

2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bugʻdoy uni bilan bir qatorda oliy nav bugʻdoy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Asosiy mavzular