00:23 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
461 0 0

Sutka davomida 157 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 69 330 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 157 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 68 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 176 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 66 609 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 130 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 591 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Rossiyaga ishga yuborish haqida

Oʻzbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirokchida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda koronavirus pandemiyasi paytida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalasi, Oʻzbekiston va Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi shartnomalar loyihalarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi. Uchrashuvda ikki mamlakat migratsiya sohasida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi. Oʻzbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish boʻyicha bir nechta takliflar berdi. Takliflarni Rossiya tomoni muhokama qilib, natijasi boʻyicha maʼlum qilinishini taʼkidladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 51,5 milliondan oshdi, sal kam 1,2 million kishi vafot etdi, 33,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (10,3 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular