01:40 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab mobil telefonda tasvirga olingan yoʻllardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga oʻzgarish kiritildi.

Unga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi.

U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Bungacha faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina koʻrib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qoʻllash uchun asos boʻla olmas edi.

Buning uchun fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

Asosiy mavzular