14:02 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
413 0 0

Sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 69 560 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 83 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 142 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 66 814 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 153 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 593 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 52,1 milliondan oshdi, 1,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 33,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (10,4 mln), Hindistonda (8,7 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Asosiy mavzular