14:20 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
178 0 0

Yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga koʻtarish va ish bilan taʼminlash - prezident oʻzining eng katta maqsadini aytdi.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtayotgan tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yoshlar markazida boʻlib, u yerdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi va mahalliy yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda prezident yoshlardan oʻz fikrlari bilan qoʻrqmasdan baham koʻrishishni soʻradi. 

- Men sizlarning koʻzlaringga qarab, ochiq muloqot qilgani keldim. Hamma yoshlar bilan koʻrishishni xohlardim, lekin, afsuski, buning iloji yoʻq. Siz ularning vakillari oʻrnida joylardagi muammolarni, yoshlar istaklarini aytishingizni istardim. Shuning uchun qoʻrqmasdan, oʻz ota-onalaringga nima deyishni xohlasalaring, hamma fikrlaringni bemalol aytinglar, - dedi davlat rahbari.

Uchrashuvda bugungi kunda viloyatda yoshlar duch kelayotgan qator muammolar muhokama qilindi va takliflar koʻrib chiqildi. 

Xususan, viloyatida 26 mingdan ziyod yoshlar ishsiz, tadbirkorlik rivoji mamlakatdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha pastda ekani qayd etildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s molodejyu v gorode Karshi
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s molodejyu v gorode Karshi

Yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi doirasida yillik rejaga qoʻshimcha mablagʻ ajratish zarurligi taʼkidlandi.

Prezident Muborak tuman yoshlarning taklifini qanoatlantirib, tumanda IT-park tashkil etish, elektron tijorat va dasturlash koʻnikmalarini bepul oʻrgatish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi.

Kitob tumanidagi 150 oʻrinli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Mazkur muassasa oʻquvchilari uchun yetarli sharoit yaratish vazifasi qoʻyildi.

Prezident vstretilsya s molodejyu v Karshi

Shuningdek, viloyat maktablarida sport zallari qurish, majmualarda toʻgaraklarni koʻpaytirish zarurligi aytildi. Inventarlar va anjomlar sotib olish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hisobidan 10 milliard soʻm ajratishga koʻrsatma berildi.

Uchrashuv   davomida prezident oʻzining yoshlar borasida eng katta maqsadi nima ekanini ham aytib oʻtdi. 

- Mendan eng katta maqsad-muddaoing, baxting nima, deb soʻrasalaring, shunday degan boʻlardim: yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga koʻtarish, ishli qilish, gʻurur-iftixorini yuksaltirish, oilaviy baxtini koʻrish, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, przidentning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi 12 noyabr kuni erta tongda boshlangan edi. Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi hamda IT-Texnoparkda boʻlgani, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tashkil qilingan Korxonalarni sogʻlomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga ham tashrif buyurgan edi.

Asosiy mavzular