18:31 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
125011

Qarshi shahrida gazonlarning yashil rangga boʻyalgani jamoatchilik tomonidan kulgiga olinmoqda. Gazonlar nima maqsadda boʻyalgani haqida rasmiy izoh berilgani yoʻq

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, Qarshi shahrida gazonlar yashil rangga boʻyab qoʻyilgan.

Ushbu holat esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Ayrimlar hatto kulgili memlarni yaratishga ulgurishdi.

Foto iz sotssetey
V Kashkadarinskoy oblasti gazonы pokrasili v zelenыy tsvet

"Qarshida gazonlarni chiroyli qilib boʻyab qoʻygandik. Kechasi yomgʻir yogʻib, shuncha mehnatni yuvib ketdi...", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Yaxshiyam gullarni chizishga ulgurmagan ekanmiz-yey..." – deya hazil javob qiladi unga boshqa foydalanuvchi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan biri esa ushbu post ostida "gazonlarning boʻyalishi ham foyda bermaganligi, Qarshi shahri rahbarlari baribir tanqid qilingani" haqida fikr qoldirgan.

Shahar koʻrinishi boʻyicha ijobiy taassurot qoldirish maqsadida ehtimol, koʻrilgan taraddud, internet foydalanuvchilarida ana shunday yumor bilan qabul qilindi.

Asosiy mavzular