01:28 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
435 0 0

Sutka davomida 208 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 038 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 208 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 038 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Cirdaryo viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Fargʻona viloyatida, 63 nafari Toshkent viloyatida, 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan..

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 223 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 67 315 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizga yetdi.

Ayni paytda 2 126 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 597 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular