00:29 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
240680

Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor - Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin brifingda aytib oʻtdi. 

Uning taʼkidlashicha, pandemiya davrida qurilish sohasida ishchi kuchining yetishmovchiligi yuzaga kelgan - mehnat migrantlarining bir qismi uyiga ketgan va Rossiyaga qaytib kela olmayapti.

"Koʻplab migrantlar qurilish maydonlarida ishlaydi. Cheklovlar kiritilgandan soʻng, ularning bir qismi mamlakatni tark etdi, uylariga ketishdi, lekin qaytib kela olmayapti. Shu sababli, mamlakatimizda mehnat resurslari etishmasligi muammosi haqiqatan ham kuchayib bormoqda", - dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Endi hukumat bu muammoning yechimini qidirmoqda: Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi. Bundan tashqari, bu tajriba allaqachon mavjud.

""Vaxtovik"larni maʼlum qurilish maydonchalariga olib kelish kerak boʻlganda bir qator korxonalarda bunday tajriba mavjud edi. Biz shunday qarorlarni qabul qilardik, barcha choralar koʻrilib, karantinga rioya qilingan. Tibbiy koʻrik, barcha tahlillar - hammasi ish beruvchilarning hisobidan. Va odamlar olib kelingan", - dedi u.

Xusnullinning qoʻshimcha qilishicha, davlat koʻmagi tufayli Rossiyada qurilish maydonlari tobora koʻpayib bormoqda, ammo hozirda odamlarning yetishmovchiligi keskin sezilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
Teglar:
migrantlar, chegaralar ochilishi, koronavirus, Rossiya

Asosiy mavzular