22:36 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
242 0 0

Tibbiy yuk tarkibida - himoya kiyimlari va koʻzoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qoʻlqoplar, dori vositalari, COVID-19’ni aniqlash testlari, shpritslar va kapelnitsa.

TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Oʻzbekiston rahbariyatining farmoyishiga asosan yuborilgan navbatdagi gumanitar yuk Qirgʻiziston poytaxtiga yetib keldi. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi hukumati xabar qildi.

1 / 3
V Bishkek pribыl gumanitarnыy gruz iz Respubliki Uzbekistan

Yuklarni qabul qilish marosimida Qirgʻiziston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari Elvira Surabaldiyeva COVID-19ga qarshi kurash choralari doirasida koʻrsatilayotgan yordam uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

"Bu koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashga qaratilgan birinchi gumanitar yordam emas. Shuni taʼkidlashni istardimki, qiyin damda Oʻzbekiston tomonining qoʻllab-quvvatlashi juda oʻz vaqtida boʻlmoqda va bu mamlakatlar oʻrtasidagi chinakam qardoshlik munosabatlarining dalilidir", - dedi Surabaldiyeva.

Tibbiy yuk tarkibida - himoya kiyimlari va koʻzoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qoʻlqoplar, dori vositalari, COVID-19’ni aniqlash testlari, shpritslar va kapelnitsa.

2020 yil iyul oyida Oʻzbekiston Qirgʻizistonga gumanitar yordamning navbatdagi partiyasini yuborgandi. Gumanitar yuk - mobil kislorod kontsentratlari va noinvaziv sunʼiy nafas apparati sarflanadigan materiallari, umumiy ogʻirligi sakkiz tonna, havo transporti orqali yetkazib berildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
Teglar:
insonparvarlik yordami, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular