15:50 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
315 0 0

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 3 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod va 25 yoshli Jaxongirlar oʻrtasida kelib chiqqan janjal natijasida, maktab direktoriga tan jarohati yetkazilgan.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Internet tarmoqlarida "Surxondaryoda bir guruh sport maktabi tarbiyalanuvchilari samosud uyushtirib, katta janjal keltirib chiqardi" nomi ostida video tarqalgan edi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 3 noyabr kuni sport maktabi direktori 31 yoshli Bekzod va 25 yoshli Jaxongirlar oʻrtasida kelib chiqqan janjal natijasida, maktab direktoriga tan jarohati yetkazilgan.

Ertasi kuni Shoʻrchi tumanida yashovchi 37 yoshli Shuxrat E., oʻzining murabbiyi boʻlgan sport maktab direktori Bekzodga yetkazilgan tan jarohati uchun oʻch olish maqsadida, tanishlari Abduvosit (28 yosh), Jasurbek (26), Baxodir (28), Jaxongir (31), Oybek (25), Azizbek, Azamat va Sundarbek (29 yosh)lar bilan birgalikda bir guruhga birlashgan.

Guruh "Bobur" mahallasidagi oshxonada choy ichib oʻtirgan, Jaxongir va uning Xurshid (24 yosh) hamda Ravshan (26 yosh)larning yoniga borib, oʻzlari bilan olib kelgan bita va qoʻllariga tushgan stul hamda boshqa jismlar bilan Jahongirni doʻpposlay boshlashgan. Jahongirni yonidagi Ravshan va Xurshid mojaroga ajratish uchun aralashganlarida, "samosudchilar" guruhi ularni ham urib doʻpposlab, tan jarohati yetkazishgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Jaxongir A., va Xurshid A.,larga "yengil" tan jarohati yetkazilganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 noyabr kuni Shoʻrchi tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro Shuxrat E., va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b,v" va 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davomida Abduvosit, Jasurbek,  Baxodir, Jaxongir, Oybek, Azizbek, Azamat, Sundarbek va 37 yoshli Shuxratlarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, har biriga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, tergov yakuniga koʻra, yuqoridagi holatda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi, deb xabar qiladi Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Asosiy mavzular