06:28 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
15110

"Obod Armaniston" muxolifat partiyasi aʼzosi Naira Zograbyan Armaniston Milliy yigʻilishi deputatlarini mamlakatda harbiy holatni bekor qilish va bosh vazir Nikol Pashinyanni lavozimidan ozod etishga chaqirdi.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. "Obod Armaniston" muxolifat partiyasining aʼzosi Naira Zograbyan Armaniston Milliy yigʻilishi deputatlarini mamlakatda harbiy holatni bekor qilish va bosh vazir Nikol Pashinyanni lavozimidan ozod etishga chaqirdi.

"Bugun bu anjumanlar zalida faqat bitta masala - harbiy holatni bekor qilish va Nikol Pashinyanning isteʼfoga chiqishini muhokama qilish kerak, biz boshqa masalani muhokama qilish uchun maʼnaviy huquqimiz yoʻq", - dedi Zograbyan parlament yigʻilishida.

Bir necha kundan buyon Yerevanda muxolifat mitinglari boʻlib oʻtmoqda: ishtirokchilar Pashinyan Qorabogʻda oʻt otishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolaganligi sababli isteʼfoga chiqishini talab qilmoqda.

Armaniston maxsus tergov xizmati "qonunda belgilangan tartibni buzgan holda yigʻilish uyushtirish va oʻtkazish" moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi, uning maksimal sanktsiyasi ikki oyga qamoqqa olishni nazarda tutadi.

10 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Togʻli Qorabogʻdagi harbiy harakatlarni toʻliq toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma kelishuvni imzoladilar.

Armaniston va Ozarbayjon egallab olgan pozitsiyalarida toʻxtashadi, soʻngra bir qator mintaqalar Boku nazoratiga oʻtkaziladi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tutash chizigʻi va Qorabogʻni Armaniston bilan bogʻlaydigan Lochin koridori boʻylab joylashtiriladi.

Pashinyan kelishuvni imzolash uning uchun juda ogʻriqli boʻlganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, agar hujjat imzolanmaganda, Armaniston bundan ham battarroq boʻlar edi. Aliyev kelishuvni imzolashni Armanistonga taslim boʻlish deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, kelishuv Ozarbayjon uchun eng foydali boʻlgani, harbiy bosqich yakunlandi va siyosiy masalalarga oʻtish mumkin.

Asosiy mavzular