01:31 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
383 0 0

Oʻzbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 581 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

17 noyabr coat 19.00ga qadar 72 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 581 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 9 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Fargʻona viloyatida, 43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 67 859 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 123 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 599 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Xitoy vaktsinasi

Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaktsina sinovining uchinchi bosqichi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilingan edi. "Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi ilgʻor texnologiyalar markazi direktori oʻrinbosari Alisher Abdullayev javob bergan.

"XXRda oʻtkazilgan 1 va 2-faza sinovlaridan soʻng vaktsinaning butkul xavfsizligi oʻz tasdigʻini topgani uchun ushbu vaktsina tanlab olindi. Taʼkidlashim kerakki, sinovlarning barcha protokollari, natijalari qatʼiy belgilangan va BSST tomonidan verifikatsiya qilib boriladi. Nega u xavfsiz? Chunki u nofaol virusga asoslangan. Yaʼni bir necha turdagi vaktsinalar mavjud: xususan, adenovirus platformasiga asoslangan, zaiflashtirilgan virusdan foydalanish texnologiyasiga asoslangan vaktsinalar. Ayni damda esa organizmga virusning oʻzi yoki adenovirus emas, balki COVID-19ni keltirib chiqaruvchi koronavirus virusining oqsili kiritiladi. Shu tufayli ushbu xitoy vaktsinasi eng xavfsiz sanaladi", - deya tushuntirgan Abdullayev.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 55,0 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 35,3 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (11,2 mln), Hindistonda (8,9 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular