15:34 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
169 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi farmoniga asosan Majburiy ijro byurosiga yangi rahbar tayinlandi.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi farmoniga asosan Xasan Murotovich Kabirdjanov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentning 2017 yil 29 maydagi farmoniga koʻra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi. Yangi byuro energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish hamda sud qarorlarini ijro etilishini nazorat qiladi.

Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi.

Taʼkidlanishicha, 10 oy davomida Majburiy ijro byurosiga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan. Shundan 1 million 200 mingtasi bajarilmagan.

"Yaʼni, bugungi kun holatiga 17 trillion soʻmlik hujjatlar ijrosi taʼminlanmay turibdi. Buning 7,2 trillion soʻmi davlat undiruviga, qolgan 9,7 trillion soʻmi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli. Ushbu mablagʻlarning undirilishi tadbirkorlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, kam taʼminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, koʻplab ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim omil boʻladi. Yigʻilishda sud hujjatlarini ijro etish holati tuman va shaharlar misolida koʻrib chiqildi. Qarzdorliklarni qisqartirish boʻyicha mamlakat darajasida alohida, viloyat va tumanlar miqyosida alohida tizimda ish olib borilishi belgilandi", - deyiladi xabarda.  

Majburiy ijro byurosi 20 milliard soʻmdan yuqori qarzlarni undirish bilan shugʻullanadi. Byuroning viloyat boshqarmalari 10 milliard soʻmdan 20 milliard soʻmgacha boʻlgan qarzlar undiruvi bilan ishlaydi.

Asosiy mavzular