16:26 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
209 0 0

TIV Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarosi mehnat qulligida ushlab turilgani toʻgʻrisida xabar boʻyicha bayonot berdi.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. TIV Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarosi mehnat qulligida ushlab turilgani OAVlarda tarqalgan xabar yuzasidan bayonot berdi.

Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarosining mehnat qulligida ushlab turilgani toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqalgani munosabati bilan Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

"Aqtoʻbe viloyati politsiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston hududida noqonuniy ravishda boʻlgan shaxslarni topish boʻyicha rejali tadbirlar davomida 1962-yil 2-mayda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 128-moddasida koʻzda tutilgan “Odam savdosi” boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

M.B. Qozogʻistonga 1996-yilda kelgan, 2004-yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozogʻistonda muntazam yashaydi.

Huquqni muhofaza qilivchi organlar vakillari bilan suhbat chogʻida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yoʻqligini, ish, yashash va ish haqi shartlari oʻzini qoniqtirishini, Oʻzbekistonga qaytish niyati yoʻqligini va Olmaota shahriga, Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan qizining uyiga koʻchib oʻtishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Jinoiy ish alomatlari yoʻqligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qoʻzgʻatilgan jinoiyat ish yopildi", - deyilgan TIV bayonotida.

Asosiy mavzular